Turkiya hali ham Şvetsiyaning NATOga kirişiga rozilik berişga tayyor emas. Bu haqda 8 noyabr, seşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson bilan uçraşuvdan söng ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi. Şvetsiya töğri yönalişda «ijobiy qadamlar» qöymoqda, dedi u, ammo NATOga a’zolikni haqiqatga aylantiriş uçun keyingi qadamlar kerak. Erdöğan, noyabr oyi oxirida Stokholmda ötkazilişi rejalaştirilgan Şvetsiya, Finlandiya va Turkiya vakillarining uçraşuvidan köproq natija kutayotganini aytdi.

Öz navbatida, Ulf Kristersson uning mamlakati iyun oyi oxirida tomonlar imzolagan memorandum böyiça öz majburiyatlarini töliq bajarişiga işontirdi. Uning sözlariga köra, bu terrorizmga qarşi kuraşga ham tegişli. «Şvetsiya terrorçilik tahdidiga qarşi turiş uçun Turkiya oldidagi barça majburiyatlarini - NATOga a’zo böliş arafasida ham, kelajakdagi ittifoqçi sifatida ham bajaradi», - dedi Şvetsiya hukumati rahbari.

Şvetsiya va Finlandiya may oyida Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi munosabati bilan an’anaviy betaraflikdan voz keçib, NATOga a’zo böliş uçun ariza berdi. Biroq Turkiya rahbari alyansni kengaytirişga rozilik berişdan boş tortdi. Iyun oyi oxirida Turkiya, Şvetsiya va Finlandiya rahbarlari 10 banddan iborat qöşma memorandum imzolagan edi. Unga köra, tomonlar terrorizmga qarşi kuraşda hamkorlikni kuçaytiriş böyiça qöşma mexanizmni şakllantiradi hamda Finlandiya va Şvetsiya bu masala böyiça «içki qonunçilikni yanada qat’iylaştiriş uçun barça zarur çoralarni köradi».

Memorandum qabul qilingandan keyin Şimoliy Atlantika alyansi ikki davlatni NATOga qabul qiliş tartibini boşladi. Biroq iyul oyida Erdöğan, agar bu davlatlar kelişuvlarga rioya qilmasa, Turkiya Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bölişiga baribir tösqinlik qilişi mumkinligini aytgan edi. Anqara, jumladan, Helsinki va Stokholmdan kurdlar va 2016 yildagi davlat töntarişiga urinişda iştirok etganlikda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilişni talab qilmoqda.

Avgust oyi boşida NATOga a’zo 30 ta davlatdan 23 tasi Finlandiya va Şvetsiyani qabul qilişga rozi böldi. Ularning kirişi töğrisidagi hujjatlar alyansning barça a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinişi kerak. Şundan keyingina şimoliy mamlakatlarning ikkalasi ham NATO nizomining kollektiv mudofaa tamoyilini belgilovçi 5-moddasi bilan himoyalanadi.