Turkiyada zilzila qurbonlari soni 8574 nafarga yetgan, 49133 kişi yaralangan. Bu haqda tabiiy ofatdan eng jabr körgan Qahramonmaraş viloyatiga kelgan prezident Rajab Toyyib Erdöğan ma’lum qildi.
Turkiya prezidenti tabiiy ofatdan jabrlangan 10 viloyatda bir yil içida yangi uylar qurib berilişini va’da qildi. Erdöğan hukumat Antalya, Alanya va Mersindagi mehmonxonalar bilan boşpanasini yöqotgan fuqarolarni joylaştiriş böyiça kelişuvga erişganini qöşimça qildi.
Prezident barça jabrlanuvçilarga 10 ming lira (530 dollar) miqdorida yordam puli tölanişini ma’lum qilgan.

6 fevral kuni Turkiya janubidagi Qahramonmaraş viloyati hududida, soat 4:17 da öçoği 7 km çuqurlikda joylaşgan 7,7 magnitudali zilzila röy berdi. Yer silkinişidan jami önta viloyat jabrlangan. Bu hududlarda uç oy muddatga favqulodda holat e’lon qilingan.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etiş işlarida qatnaşiş uçun dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan Özbekiston FVV bölinmalari ham Turkiyaga yetib borgan. Sönggi xabarlarga köra, kamida tört nafar özbekistonlik xarobalar ostidan qutqarilgan, Özbekistonning bir fuqarosi tabiiy ofat qurboniga aylangan .
Zilzila Suriyaning şimoliy hududlariga, jumladan Lataqiya va Halabga ham jiddiy ta’sir körsatdi. Suriya soğliqni saqlaş vazirligi kamida 1262 kişi halok bölgani va 2,3 mingdan ortiq kişi jabrlanganini xabar qilgan. Al Jazeera esa rasmiy Damaşq tomonidan nazorat qilinmaydigan, muxolifat kuçlari nazoratidagi hududda 1400 kişi halok bölib, 2,7 mingdan ortiq kişi jarohat olgani haqida xabar bergan.


















