Habib Nurmagomedov Rossiya bayrog‘i haqidagi savolga keskin javob berdi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun Rossiya bayrog‘i bilan oktagonga chiqmasligi haqidagi savolga keskin javob qaytardi.
«Men har doim bayroq bilan chiqaman. Ekranlarda mamlakat bayrog‘i ko‘rsatiladi. Amerikada ham meni hamma yaxshi taniydi - Dog‘iston, Checheniston, Kavkazni bilmaydiganlar - rossiyalik, deb ataydi. Agar e'tibor qaratgan bo‘lsangiz, hatto men haqimda gapiradigan xorijiy jangchilar ham men rossiyalik ekanimni tilga olishadi. Shuning uchun biz ular uchun bir millatmiz, ular uchun bir xalqmiz. Eng muhimi, bizning odamlar ajralmasligida. Masalan, sen kabilar. Bunday ahmoqona savollarni menga bermaslikni so‘rayman.
Chet elda hech kim bizni ajratmaydi. Biz ajralgan holda bo‘lishimizni xohlaydigan odamlar ichkaridan ajratishga urinmoqda. Shuning uchun, suhbatni o‘zgartir va siyosat haqida emas, balki sport haqida gaplash. Agar senda shunga aloqador savollar bo‘lsa - ular haqida so‘rashni davom ettirishing mumkin», - dedi Nurmagomedov Ura.ru’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Meyvezer bilan qayerda jang o‘tkazishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024
So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
22:12 / 20.11.2024