20:30 / 28.12.2018
5753
McLaren «Formula-1»dagi ilk g‘alabasi sharafiga maxsus superkar chiqardi
Foto: McLaren

McLaren kompaniyasi 720S superkarining maxsus versiyasini taqdim qildi. Mashina McLaren jamoasining “Formula-1” poygasidagi ilk g‘alabasining 50 yilligi sharafiga chiqarildi. Bu voqea 1968 yil Belgiya gran-prisida yuz bergandi.

Superkar 50 yil avvalgi poygada Bryus Maklaren boshqaruvida marraga birinchi bo‘lib kelgan McLaren M7A poyga avtomobiliga ishora sifatida Papaya Orange nomli rangga bo‘yalgan. Mashinaning orqa qanotlari va o‘rindiqlari bosh suyagichlarida Belgiyadagi “Spa-Frankorsham” trassasining konturlari tasviri tushirilgan.

Bundan tashqari, superkar eshik ostidagi ostonalarda “1st McLaren F1 victory Belgian Grand Prix 9th June 1968 — Bruce McLaren” yozuvi bo‘lgan karbon nakladkalar va kumush rangli “Spa 68” yozuvi bo‘lgan mashinani yoqish kaliti olgan. 

Superkarning texnik ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani borasida ma'lumot berilmagan. Standart McLaren 720S 4 litrli, 8 silindrli, 720 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. 

Top