15:54 / 02.01.2019
13468
O‘zbekiston terma jamoasi «Orzu layneri»da BAAga yetib bordi

O‘zbekiston terma jamoasi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning 333-reysi bilan uchgan Boeing-787 Dreamliner havo kemasida 3 soat-u 15 daqiqa davom etgan parvozdan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib keldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo‘yicha milliy terma jamoa a'zolari ham uchib ketishayotganini e'lon qilib, ekipaj a'zolari nomidan futbolchilarga Osiyo Kubogida omad tilagan.

«Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq, futbol o‘ynash uchun juda qulay ob-havo. Terma jamoamiz delegatsiyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilarimiz Dubay shahridagi «Roda Al Bustan» mehmonxonasiga joylashishdi», – deyiladi xabarda.

Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00da terma jamoa BAAdagi dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.

Top