Özbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi uçun yakuniy tarkibi e’lon qilindi. 

Dohada ötadigan turnir qaydnomasiga kutilgan barça legionerlar — Abbos Fayzullayev (TsSKA, Rossiya), Abduqodir Husanov («Lans», Fransiya), Ibrohimxalil Yöldoşev («Qayrat», Qozoğiston) va Hojimat Erkinov («Al Vahda», BAA) kiritildi. Ular dastlabki röyxatda bölgan Odil Abdumajidov, Ahmadillo Muqimjonov, Behruz Asqarov va Pölatxöja Xoldorxonov örnini egallaşdi. 

Ammo Fayzullayev va Husanov keyinroq, ehtimol, pley-off bosqiçidan tarkibga qöşilişi mumkin. ÖFA matbuot xizmati bu borada qöşimça ma’lumot berişini ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, Temur Kapadze şogirdlari 1-turni bugun, 17 aprel kuni Malayziyaga qarşi ötkazişadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan 18:00da boşlanadi.