Osiyo Kubogi-2023. B guruhi
3-tur. 23 yanvar
Avstraliya — O‘zbekiston 1:1
Gollar: Boyl (45+1, penalti) — Turg‘unboyev (78).
Avstraliya — Rayan, Atkinson (Miller, 90+3), Suttar, Rouls, Behich, Makgi (Fornaroli, 83), Bakkus (O'Nil, 83), Irvin, Boyl (Metkalf, 72), Bos (Tilio, 90+3), Yyengi.
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Zafarmurod Abdurahmatov, Abdulla Abdullayev, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Oston O‘runov (Jaloliddin Masharipov, 46), Abbos Fayzullayev (Igor Sergeyev 63, Jamshid Iskanderov 84), Hojimat Erkinov (Aziz Turg‘unboyev, 63).
Ogohlantirishlar: Eshmurodov (25), Hamrobekov (45), Shukurov (45+3), Suttar (50), Makgi (70).
O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida Avstraliyaga qarshi durang o‘ynab (1:1), 2-o‘rinni egalladi va 1/8 finalga yo‘llanma oldi.
Avstraliya guruh masalasini oldindan hal qilib bo‘lgani tufayli aralash tarkibni tushirdi va o‘yin nisbatan teng kechdi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida yaponiyalik hakam O‘zbekiston jamoasi darvozasiga bahsli penalti belgiladi, bu vaziyatda to‘p yerda yotgan Hamrobekovning qo‘liga tegib ketdi, ammo hakam to‘p avstraliyaliklarda qolgani uchun o‘yinni to‘xtatmadi va keyin esa videotakrorni ko‘rib chiqib, 11 metrlik jarima nuqtasini ko‘rsatdi, nuqtaga yaqinlashgan Boyl esa zarba berishda adashmadi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi tarkibda o‘zgarishlar amalga oshirdi, dastlab Oston O‘runov o‘rnini Jaloliddin Masharipov egalladi, keyin Abbosbek Fayzullayev hamda Hojimat Erkinov o‘rniga Igor Sergeyev hamda Aziz Turg‘unboyev maydonga tushdi.
60-daqiqada Masharipovning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini himoyachi Umar Eshmurodov bosh bilan darvoza to‘riga joyladi, ammo hakamlar ofsayd holatini qayd etishdi.


















