08:31 / 02.01.2019
17893

O‘zbekistonlik Peterburg metrosida qatnov to‘xtashiga sababchi bo‘ldi

Illyustrativ surat

Sankt-Peterburg metrosida Yangi yil kirib kelishiga 2 soat qolganda mast holatdagi erkak metropoliten ishiga xalaqit qildi. Bu haqda “Operativnoye prikritiye” nashri ma'lum qildi. 

Mast yo‘lovchi metroning “binafsharang” yo‘nalishida poyezdlar qatnovining 10 daqiqaga to‘xtashiga sababchi bo‘lgan. U “Staraya derevnya” stansiyasida poyezd yo‘li ustiga yotib olgan. Oqibatda qatnov 10 daqiqaga to‘xtab qolgan.

Keyinroq aniqlanishicha, mast erkak 34 yoshli o‘zbekistonlik bo‘lgan. U Peterburgda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi hujjatni taqdim qilgan.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, erkakka nisbatan ma'muriy qoidabuzarlik haqida bayonnoma tuzilgan. 

Mavzuga oid
Top