Ayni vaqtda Yaqin Sharqda xalqaro barqarorlikka bosh tahdid Eron siyosati hisoblanadi. Bu haqda AQSh davlat departamentining yuqori lavozimli vakili jurnalistlarga aytib o‘tdi.
“Eron – bosh tahdid, mintaqadagi bosh barqarorsizlantiruvchi o‘yinchidir”, deb aytgan amaldor IShIDni eslab o‘tmagan holda brifingda.
Uning aytishicha, Eron siyosatiga qarshi kurashish masalasi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Yaqin Sharqqa 8-15 yanvar kunlaridagi safari davomidagi bosh masala bo‘ladi. Pompeo safari davomida Misr, Kuvayt, BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya, Qatar va Ummonga tashrif buyuradi.