8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

09:47 / 17.01.2019 40393

Zominda beshikdagi bolani elektr isitish moslamasiga yaqin qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirilishi ayanchli yakun topdi

Foto: dyxx.uz

2019 yilning 15 yanvar kuni soat 09.03da Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shaharchasi Baxt mahallasidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in xavfsizligi qismiga xabar kelib tushgan, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Xabar asosida zudlikda 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilib, ular soat 09.10 da voqea joyiga yetib kelgan. Voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonida uyning yotoqxonasida 2 kv.m. maydonda gilam, ko‘rpa va beshik yonayotganligi aniqlanib, yong‘in shu zahoti bartaraf etilgan.

Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda beshikdagi bolani nostandart elektr isitish moslamasiga yaqin qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirilishidan yong‘in sodir bo‘lganligi, shuningdek, xonadon sohibasi buni sezib qolib, beshikdagi jarohatlangan o‘g‘lini shifoxonaga olib ketganligi ma'lum bo‘lgan. Lekin ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan uy egasining farzandi 2018 yilda tug‘ilgan M.D. shifoxonada vafot etgan.  

Top