Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketgani holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yolg‘on ekani ma’lum qilinib, aholidan ortiqcha xavotirga tushmaslik so‘ralgan.