2019 yilning 14 yanvar kuni Farğona tumani Çimyon qişloğida yaşovçi fuqaro D.A.ning uyida yonğin sodir bölgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabar qilmoqda.

Yonğinni payqab qolgan qöşnilari uy egasining 2006 va 2015 yilda tuğilgan farzandlari hamda 2007 yilda tuğilgan jiyanini (öğil bolalar), yonğin zonasidan kuyiş tan jarohatlari bilan qutqarib, şifoxonaga olib ketilgan va şu davrda yonğin xavfsizligi xizmatiga xabar berilgan. 

Voqea joyiga 3 ta yonğin öçiriş ekipajlari jalb etilib, ular 7 daqiqa içida yonayotgan xonadonga yetib borgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin bartaraf etilgan. Yonğin oqibatida uyning 100 kv.metr maydonda tomi, şifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yonğindan yaşaş uyining 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Şifoxonada körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kuyiş tan jarohatining oğirligi sababli joriy yilning 15 yanvar kuni 2015 yilda tuğilgan A.D. vafot etgan. Yonğinni taxminiy kelib çiqiş sababi - yoş bolalarni qarovsiz qoldirilişi va ularning oçiq olovdan foydalanişi.