09:31 / 22.01.2019
18383

Temza daryosidagi giyohvand moddalar baliqlarning o‘zini tutishiga ta'sir qilmoqda

Foto: 360tv.ru

Londondan oqib o‘tuvchi Temza daryosida giyohvand moddalar miqdori xavfli darajagacha oshgan. Bu haqda britaniyalik olimlar ma'lum qilishdi. Buning oqibatida daryoda yashovchi ilonbaliqlar ular uchun xos bo‘lmagan faollikni namoyish qila boshlashdi. 

Kokain va uning metabolitlari daryoga kanalizatsiya orqali tushadi va baliq hamda hayvonlarga jiddiy zarar yetkazadi. Londonning zararli moddalarni ajratishi kerak bo‘lgan filtratsiya tizimi katta miqdordagi giyohvand moddani eplay olmayapti, deb xabar berdi The Times nashri.
 
Ta'kidlanishicha, Temzada kokain metabolizmi mahsulotlari – kofein, kokain va benzoilekgoninning miqdori bir litrga mikrogrammdan oshib ketgan.

Top