Toşkent şahrida giyohvand moddalarning yetiştirilişi va tarqatilişi va sotilişiga qarşi tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida Şayxontohur tumanida yaşovçi fuqaro yaşaş uyining tom qismida gultuvaklarda giyohvand ösimliklar yetiştirayotgani aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, fuqaro uyining tomida maxsus joy qilib, u yerda suğoriş tizimi va çiroqlar örnatib 173 ta gultuvakda marixuana giyohvand ösimliklarini östirgan.
Şuningdek, fuqaroning xonadonida köp miqdorda giyohvand ösimliklarning quritilgani va uruğlari ham topilgan. Bundan taşqari, giyohvand moddalarni tortiş uçun tarozi va boşqa buyumlar borligi aniqlangan.
“Fuqaroning uyidan olingan barça daliliy aşyolar Toşkent şahar IIBB ekspertiza markaziga topşiriladi. Ekspertiza xulosasi olingandan söng fuqaroga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.













