16:51 / 22.01.2019
5025

Yevrokomissiya Mastercard tizimiga 570 mln yevro jarima soldi

Foto: REUTERS/Eduard Korniyenko

Yevrokomissiya Mastercard to‘lov tizimiga 570 mln yevrodan ortiq jarima soldi. 

Yevrokomissiya bayonotida aytilishicha, bunga tizimning YeI naqdsiz to‘lov bozoridagi yetakchilik mavqeini suiiste'mol qilishi sabab bo‘lgan.

"Yevrokomissiya bozordagi yetakchilik mavqeini suiiste'mol qilgani va Yevropa bozori ichida muqobil xizmatlardan foydalanishda Yevropa biznesi imkoniyatlarini cheklaganligi sababli Mastercard to‘lov tizimiga 570,566 mln yevro jarima soldi", deyiladi Yevrokomissiya xabarida.

MasterCard tizimi ayni vaqtda 210 davlatdagi 22 ming moliyaviy tashkilotni birlashtiradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan.

Mavzuga oid
Top