Yevropada fermerlarning norozilik aksiyalari davom etmoqda. 26 mart kuni Yevropa dehqonlari yana Bryusseldagi Yevropa kvartalida norozilik namoyişi ötkazişdi.
Yuzlab traktorlar kvartalni tösib qöydi. Fermerlar namoyişni tinçitişga safarbar qilingan politsiyaga lavlagi otişdi, Yevrokommisiya binolariga esa göng sepişdi.
Politsiya bunga javoban közdan yoş çiqaradigan gaz va suvsepar maşinadan foydalandi. Bu Belgiyadagi yil boşidan buyon ötkazilayotgan uçinçi yirik namoyiş böldi.
Yevropa fermerlari Ukrainadan bojsiz kirib kelayotgan oziq-ovqat muhsulotlari bozordagi narxni tuşirib yuborayotganidan norozi. Şuningdek, ular Yevropa Ittifoqi davlatlari fermerlar uçun köplab imtiyozlarni bekor qilişini istamayapti.











