09:35 / 04.02.2019
19094

Katta tergovchiga pora bergan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto/vesti-yamal.ru

2019 yil 30 yanvar kuni Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (IIO FMB) katta tergovchisi viloyat IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U o‘z ish yurituvidagi, Mingchinor ko‘chasida yashovchi A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismini tugatib berishni so‘rab, gumonlanuvchining Tinchlik MFYda yashovchi Z.R. ismli tanishi 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif etayotganligini ma'lum qilgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Z.R. 450 AQSh dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top