Ijtimoiy tarmoqlarda 7 yoşli qizga 60 yoşli erkak tahdid qilib, özining ğarazli niyatini amalga oşirgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni öz kuzatuviga oldi.

Yangi Namangan tumanida yaşovçi F.O. (ayol) içki işlar organlariga öz arizasida 2024 yil 27 mart kuni voyaga yetmagan qizi (2017 yilda tuğilgan) J.S. köçada örtoqlari bilan öynab yurgan vaqtida şu yerdan ötib ketayotgan I.B. (erkak, 1956 yilda tuğilgan) qizni öz avtomaşinasiga çiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Uşbu voqea yuzasidan joriy yilning 5 aprel kuni Namangan şahar IIO TB tomonidan I.B.ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi. 

Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani öz kuzatuvini davom ettirişi, holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.