Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida 17 yoşli öquvçi boşqaruvida bölgan Lacetti avtomobili yöl çetidagi talaba yigitlarni urib yubordi.

20 aprel kuni soat 18:40 atrofida 11-sinf öquvçisi toğasining nomida bölgan Lacetti avtomaşinasini tumanning Yettinçi mingçinor köçasida boşqarib ketayotgan bölgan. Şu paytda belgilangan tezlikni oşirib, tajribasizligi oqibatida yölning qarama-qarşi qismiga ötib ketgan.

Haydovçi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yöl çetida turgan Namangan muhandislik-quriliş institutining 2 nafar xorazmlik talabasini urib yuborgan. Hodisa oqibatida yigitlardan biri yengil jarohat olgan. Biri esa körsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay şifoxonada vafot etgan.

Yana bir voqea iştirokçisining sözlariga köra, maşina marhumdan keyin öşa yerda bölgan 3 yigitni ham birvarakayiga urib yuborgan. Ularga jarohat yetmagan, biroz yelka va oyoq oğriği kuzatilgan.

Öquvçi öqiyotgan 57-maktabda muhokama yiğilişi ötkazilgan.