11:54 / 05.02.2019
9151
O‘zbekiston OTJ Lyubinko Drulovich qo‘l ostida ilk yig‘inni boshladi (trenajyer mashg‘ulotlaridan suratlar)
Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 4 fevraldan Toshkentda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi ilk yig‘inini boshladi.

O‘FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bugun, 5 fevral erta tongda futbolchilar trenajyor zalida mashg‘ulot o‘tkazishgan. Serbiyalik mutaxassis birinchi navbatda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratmoqda.

Foto: O‘FA matbuot xizmati
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Foto: O‘FA matbuot xizmati
Foto: O‘FA matbuot xizmati

Toshkentdagi yig‘in 14 fevralga qadar davom etadi, shundan so‘ng mashg‘ulotlarda Ispaniyada davom ettiriladi. Ispaniyadagi yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Toshkentda o‘tadigan «F» guruhi o‘yinlarida mezbonlardan tashqari Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyachilari ham kurash olib boradi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oralig‘ida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida  qatnashadi. Unda 16ta jamoa ishtirok etadi, 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritganlar Tokio - 2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Top