Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (ÖFA) yoşlar milliy jamoasi boş murabbiyi Lyubinko Druloviç bilan şartnomani uzaytirmaydi. Bu haqdagi qaror özaro kelişuvga asosan qabul qilingan.
Serbiyalik mutaxassis 2019 yil yanvar oyida Özbekiston U23 jamoasiga boş murabbiy qilib tayinlangan va uning oldiga Tokio-2020 olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritiş vazifasi qöyilgan edi. Biroq jamoa U23 Osiyo çempionatida kuçli uçlikka kirolmadi va bu vazifani uddalamadi.
Lyubinko Druloviç murabbiylik faoliyatida Serbiyaning «Banat», «Partizan», Sloveniyaning «Drava», Angolaning «Primeyru de Aguştu», Serbiya U19 jamoasi, Makedoniya milliy jamoasi va BAA yoşlar jamoasida ham işlagan.













