Osiyo çempionati-U23 3-örin uçun öyin oldidan Özbekiston hamda Avstraliya jamoalari boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda qatnaşgan Lyubinko Druloviç jamoasi ğalaba qozonişi kerakligini aytdi.
«Bu nafaqat biz uçun, balki butun Özbekiston uçun juda muhim öyin ekanini his qilib turibmiz. Raqib kuçli, ularda yaxşi futbolçilar yiğilgan. Avstraliya 4-4-2 taktikasida öynaydi. Nima bölganda ham biz ertaga yutib olimpiadaga çiqişimiz kerak.
Yigitlarda motivatsiya katta. Hamma ertangi öyinning ahamiyatini bilib turibdi. Bizga mağlubiyatdan söng olimpiadaga çiqiş uçun yana bir imkon berildi. Bundan ortiq motivatsiya bölişi mumkinmi? Biz öz imkoniyatlarimiz yuqori ekanini körsatişimiz kerak.
Kim yaxşiroq ekanini futbolçilar maydonda körsatişadi. Biz individual jihatdan yaxşiroqmiz va yigitlar buni maydonda körsatişlari kerak. Saudiya bilan öyinda ham juda köp hujum qildik, lekin gol ura olmadik.
Doston U19 musobaqasida Avstraliyaga ikkita gol urgandi? Balki u ertaga ham gol urar, balki yana ikkita gol urar. Doston hozir yaxşi holatda. Işoning, bu umuman boşqaça darajadagi öyin. Ertaga har ikki jamoa uçun qiyin böladi»,— deb murabbiyning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.













