Biroz avval yakuniga yetgan Saudiya Arabistoni va Özbekiston Olimpiya terma jamoalari örtasidagi bahsdan söng matbuot-anjumani ötkazildi. Anjumanga dastlab terma jamoamiz ustozi Lyubinko Druloviç keldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Juda qiyin öyin böldi. Dam oliş uçun kam kun bölgani baribir öz sözini aytdi. Lekin bugun yomon öynamadik. Köproq imkoniyatlarga ega böldik. Birgina Bobur Abduxoliqovda 3 ta yaxşi vaziyat böldi. Afsuski, foydalana olmadik. Öyin oxiri raqib uçun omadli ötdi. Saudiyaliklarni ğalaba bilan tabriklayman. Endi kelgusi öyinlarga yaxşi tayyorlanişga harakat qilaman», – dedi Lyubinko Druloviç.
– 1 yildan beri Özbekiston terma jamoasidasiz. Nima deb öylaymiz, nega Milliy terma jamoamiz ham, yoşlarimiz ham öyin oxirida imkoniyatni boy berib qöymoqda?
– Bilmadim. Bunga izoh beriş qiyin. Bugungi öyindagidek birgina xato vaziyatni butunlay özgartirib yuborişi mumkin. Futbol şunisi bilan ham boşqa sportlardan farq qiladi. Bugungi öyin ötib böldi. Endi buni unutgan holda bor e'tiborimizni keyingi bahsga qaratamiz.
– Bugun mağlubiyat bölsa-da, Olimpiada yöllanmasi uçun imkon bor. Yigitlarni tayyorlaşga ulgurasizmi?
– Avvalo, natijaga erişiş uçun özimizni işontira olişimiz kerak. Endi keyingi öyinga borimizni berib tayyorlanamiz. Hozir yigitlarni ham ruhiy jihatdan tayyorlaş kerak. Olimpiadaga yöllanma qölga kiritiş Özbekiston uçun qanday muhim ahamiyat kasb etişini tuşunib turibmiz. Nasib qilsa, kelasi uçraşuvda bu işonçni oqlaymiz.













