11:30 / 13.02.2019
10078
Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida O‘zbekistondan kim ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 13-16 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi.

TIV xabariga ko‘ra, delegatsiya Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi. 

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Joriy yilning 15-17 may kunlari bo‘lib o‘tadigan Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi bu yil rekord darajadagi mehmonlarni kutmoqda. Forumning 600 nafar mehmonlari orasida, hozirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 40ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda 80 nafar vazirlar ishtirok etadi.

Top