15:05 / 15.02.2019
56647
Gorbachyov sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda nima yordam berganini aytdi
Foto: RIA Novosti

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning ma'lum qilishicha, sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan AQSh, Iroq, Pokiston va boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borilishi tufayli minimal yo‘qotishlarsiz olib chiqib ketilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Shu tariqa, bu qayg‘uli davrga nuqta qo‘yganmiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Gorbachyov.

1989 yil 15 fevralda SSSR Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqishni tugatib, bu harbiy mojaroga nuqta qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘on urushi bo‘yicha hujjatlardan maxfiylik maqomi bekor qilindi.

Ma'lumot uchun: bundan avval Gorbachyov AQShning raketalar bo‘yicha qarorini baholagandi.

Top