Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «mutlaq harbiy ustunlikka» erishish uchun bitimdan chiqib ketishga intilmoqda.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington «o‘z irodasini butun dunyoga o‘tkazishni xohlaydi».
Gorbachyovning ta'kidlashicha, bu kabi harakatlar yangi qurollanish poygasiga olib kelishi mumkin.
SSSR sobiq prezidenti AQShni Rossiya bilan O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muloqotni boshlashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gorbachyov jahondagi qarama-qarshilikning yangi bosqichini taxmin qilgandi.











