08:31 / 20.02.2019
4870

Londonning Brexit bo‘yicha yangi takliflari oshkor bo‘ldi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi tarkibidan mamlakatning chiqishi shartlari bo‘yicha yangi huquqiy takliflar taqdim etmoqchi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, bu takliflar Angliya va Uels bosh prokurori Jyeffri Koks tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, Britaniya hukumati Brexit bo‘yicha kelishuvning murosali variantidan bosh tortgan.

Shu bilan birga, London yangi takliflar «siyosiy tupik»dan chiqishda yordam berishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya mudofaa vaziri Brexit’dan keyingi rejalar haqida aytib o‘tgandi.

Top