Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning ma'lum qilişiça, mamlakat Yevroittifoq tarkibidan çiqqandan keyin öz manfaatlarini himoya qiliş uçun «qattiq kuç» qöllaşga tayyorlanişi kerak. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Moskva «öz fitnalari uçun narx tölaşi kerak böladi». Britaniyalik vazir aytişiça, bu fitnalar orasida Rossiyaning AQŞda 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşuvi, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning «Noviçok» asab-falajlovçi modda bilan zaharlanişi, şuningdek, Qrim yarim orolining Rossiyaga qöşib olinişi bor. Britaniya Solsberidagi hodisa uçun Rossiya javobgar ekanini bildirmoqda.

«Rossiya bunday harakatlar uçun narx tölaşi kerak», - deya ma'lum qildi Uilyamson.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya Skripallarni zaharlaşda qatnaşgan yana ikki kişini topgandi.