13:09 / 26.02.2019
10920
Musulmonlar idorasi vakilligi: «Filmlar din ulamolarining ham muhokamasidan o‘tishi kerak»

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy seriallarning muhokamalari qizg‘in davom etmoqda. O‘zA xorijiy seriallarning efirga uzatilishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Toshkent shahar vakilligining munosabati haqida ma'lumot berdi.

Jasur Raupov,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari,
“Islom ota” jome masjidi imom-xatibi:

Foto: vakillik.uz

– Munoviy roziyallohu anhu aytadilar: “Hayo ikki xil bo‘ladi: nafsoniy va iymoniy. Birinchisi, u barcha insonlarda yaratilgan bo‘ladi. Avratni ochishdan yoki odamlar huzurida jinsiy yaqinlik qilishdan hayo qilish kabilar kiradi. Ikkinchisi esa musulmonning Allohdan qo‘rqib harom ishlardan tiyilishidir”.

Ma'siyat, gunohlar yomonliklaridan biri qalb hayotini moddasi bo‘lgan hayoni ketkazishidir. Hayo barcha yaxshiliklarning asosidir. Uning ketishi barcha yaxshiliklarning ketishidir. Gunohlar asta-sekin hayoni zaiflashtirib bir yo‘la yo‘q qilib yuborishi ham mumkin.

Oynai jahonda berib borilayotgan kundalik filmlarning ba'zilari inson psixologiyasi, aqli va qalbiga salbiy ta'sir qilmoqda. Bu esa jamiyatda yangi jinoyat turini sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Ma'lumki, inson ikki bir-biriga zid bo‘lgan ruh va nafs jam qilingan yagona mavjudot hisoblanadi. Shunday ekan, salbiy oqibatlarga yetaklab boruvchi filmlar insonda yomon oqibatni keltirib chiqaradi. Eng xatarlisi, bu filmlarni yosh yigit-qizlar ota-onasi bilan ko‘rishi va film qahramonlariga o‘zlarini o‘xshatishga harakat qilishlaridir.

Taklifim, inson ma'naviy-ruhiy ozuqa oladigan tarixiy, yoshlarni Vatanga muhabbatli bo‘lishga chorlovchi filmlarni ko‘paytirish kerak. Xalqimizda sog‘lom muhit va sog‘lom ma'naviy immunitetni kuchaytirish lozim. Filmlar ommaga namoyish qilishdan oldin din ulamolari va turli soha vakillari muhokamasida tasdiqlanishi zarur.

Top