13:12 / 02.03.2019
28031

Hindiston vs Pokiston. Yangi otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Foto: PTI

 Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmir bahsli mintaqasidagi chegara hududida otishma sodir etishdi. Bu haqda AP xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ro‘y bergan hodisa oqibatida kamida to‘rt nafar oddiy fuqaro halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan.

Pokiston hukumatidan bildirishlaricha, Hindiston qo‘shinlari Kashmir hududidagi chegaraoldi qishloqlariga tartibsiz zarbalar bergan, buning natijasida yosh bola ham hayotdan ko‘z yumdi.

Aniqlik kiritilishicha, artilleriyadan o‘qqa tutish oqibatida yana uch kishi jarohatlangan. Shuningdek, bir nechta uy butunlay vayron bo‘ldi.

Pokistonning qayd etishicha, bu harakatlarga javob qaytarish «shunga munosib» bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi havo jangining bir qismi videoga tushib qolgandi.

Mavzu
Kashmir mojarosi
14 fevral kuni Pokiston hududida o‘rnashgan «Jaysh-e-Muhammad» terrorchi guruhi Kashmirda Hindiston armiyasi harbiylari kolonnasi o‘tayotgan yo‘lda terakt sodir etishi natijasida 46 nafar hind harbiysi halok bo‘ldi. Bu voqea ortidan Pokiston va Hindiston munosabatlarida mojaro yana avj oldi.
Barchasi
Top