Hindistonlik telejurnalist Ajay Jandyal Twitter’da video e'lon qildi. Unda, jurnalistning bildirişiça, 27 fevral kuni Kaşmir uzra osmonda Hindiston va Pokiston harbiy-havo kuçlari qiruvçilari örtasida bölib ötgan havo jangining bir qismi tasvirlangan.

Kadrlarda osmondagi oq izlar, şuningdek, paraşyutda tuşib kelayotgan uçuvçini köriş mumkin. Jandyalning yozişiça, bu Pokistonga qaraşli F-16 uçuvçisidir. U, Nyu-Dehli ma'lumotiga köra, jang davomida urib tuşirilgan.

Twitter foydalanuvçilari jurnalistning fikriga qöşilişmadi hamda bu keyinçalik pokistonliklar tomonidan qölga olingan, Hindistonning MiG-21 uçuvçisi ekanini taxmin qilişdi.

Bundan oldin, Hindiston va Pokiston harbiy aviatsiyasi örtasidagi havo jangi tafsilotlari ma'lum qilingandi.

NDTV telekanaliga köra, 27 fevralda Hindiston va Pokiston harbiy aviatsiyasi örtasida yuz bergan havo jangida umumiy hisobda 32 ta harbiy samolyot iştirok etgan.

Hindiston harbiy-havo kuçlari jangda jami 8 ta qiruvçi samolyot – 4 ta Su-30MKI, 2 ta modernizatsiya qilingan Dassault Mirage 2000 va 2 ta MiG-21’ni qöllagan. Jang vaqtida MiĞlardan biri urib tuşirilgan. Bu Hindiston tomonidan rasman tan olingan.

Pokiston esa havoga 24 ta samolyot, jumladan 8 ta F-16, 4 ta Dassault Mirage III va 4 ta JF-17 Thunder samolyotini kötargan. Qolgan 8 ta samolyot guruhga hamrohlik qilib, faol harakatlar amalga oşirmagan.