11:25 / 02.03.2019
12552
«Lokomotiv» legioneri OFK nigohiga tushdi
Foto: Tribuna.Uz

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bahslari boshlanishdan oldin, ishtirokchi klublar safiga kelib qo‘shilgan eng yaxshi 10 nafar futbolchi haqida maqola chop etdi.

Ular orasida «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Arslonmurod Amanov ham bor, deb xabar beradi «temiryo‘lchilar» matbuot xizmati. O‘tgan yilni «Buxoro» klubida o‘tkazgan turkmanistonlik futbolchi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida «Lokomotiv» tarkibiga qo‘shildi.

Quyida OFK sayti talqiniga ko‘ra, yangi klubi safida OChLda o‘ynaydigan eng yaxshi 10 nafar futbolchini keltirilgan:
1. Sebastyan Jovinko («Toronto» – «Al Hilol», Saudiya Arabistoni)
2. Rizo G‘uchannajod (APOEL – «Sidney» FK, Avstraliya)
3. Shoya Nakajima («Portimonense» – «Ad Duxayl», Qatar)
4. Leandro Damiao («Internasonal» – «Kavasaki Frontale», Yaponiya)
5. Mahdiy Turobiy («Saypa» – «Persepolis», Eron)
6. Maruan Fellayni (MYu – «Shandong Luneng», Xitoy)
7. Mahdiy Benatia («Yuventus» – «Ad Duxayl», Qatar)
8. Arslonmurod Amanov («Buxoro» – «Lokomotiv», O‘zbekiston)
9. Leandro Velaskes («Johor Dorul Tazim», Malayziya)
10. Luong Xuan Truong («Xoang An Gia» – «Buriram Yunayted», Tailand)

OFK sayti Arslonmurod Amanovga shunday ta'rif bergan: «Lokomotiv» uchun Turkmaniston terma jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib olishi eng katta transfer bo‘lishi mumkin. 28 yoshli futbolchi Osiyo Kubogida o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi va Yaponiya terma jamoasi darvozasiga juda chiroyli to‘p kiritdi. Amanov bungacha «Oltin Asr» klubi bilan 2008, 2009, 2010 yillarda OFK Prezidenti Kubogida va 2017 yil OFK Kubogida ishtirok etgan. Endi Osiyo chempionlar ligasida ham o‘zini sinab ko‘radi.

Top