Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Uchrashuvda Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Ol Xalifani qabul qildi.
Davlat rahbari uni qit’a konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.
O‘zbekiston va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi. Futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Shayx Salmon O‘zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o‘qitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va yaqinda milliy jamoa g‘alaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.
Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg‘or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko‘rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024