Şahriyor Jabborovning Osiyo Kubogi U-20 çorakfinalidagi Avstraliyaga qarşi öyindan keyin topşirgan doping testi musbat natija bergan va yakuniy qaror qabul qilinguniça futbolçining litsenziyasi vaqtinçalik töxtatib turilgandi. 

OFK dissiplinar qömitasi özbekistonlik futbolçi böyiça qarorini e’lon qildi. Unga köra, Şahriyor Jabborov taqiqlangan moddani qabul qilgani tufayli 4 yilga futboldagi har qanday faoliyatdan diskvalifikatsiya qilindi. Uning çetlatiş muddati 2023 yilning 17 aprel kunidan boşlanadi.

Qayd etiş joiz, Jabborov ehtiyotsizlik tufayli sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bölişi mumkin. 

Avvalroq, turnir davomida Özbekiston U20 jamoasining yana bir qator futbolçilari doping tekşiruvdan ötkazilgani va Jabborovdan boşqa heç kimda taqiqlangan vositalar aniqlanmagani xabar qilingandi. 

Ma’lumot uçun, «Paxtakor»ning yoş öyinçisi ötgan mavsum Superligada 4 öyinda, OÇL-2022/23 yilgi mavsumida bir öyinda maydonga tuşgan. 

Eslatib ötamiz, mart oyida yurtimizda ötgan Osiyo kubogi-2023da 20 yoşli hujumkor yarimhimoyaçi guruh bosqiçida Indoneziyaga qarşi (0:0), çorakfinalda Avstraliya (1:1, pen – 6:5), yarimfinalda Janubiy Koreya (0:0, pen – 3:1) va finalda Iroqqa (1:0) qarşi maydonga tuşgan edi. Jabborovning diskvalifikatsiyasi turnir ğolibiga aylangan Ravşan Haydarov murabbiyligidagi Özbekiston yoşlar jamoasining natijasiga ta’sir qilmaydi.