8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:26 / 11.03.2019 5740

Andrey Fyodorov: «Jamoa tezkor goldan keyin ortiqcha xotirjamlikka berildi»

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov OChL doirasida «Ar-Rayyan»ga qarshi safar o‘yinidagi mag‘lubiyatga (1:2) quyidagicha izoh berdi.

«Ar-Rayyan»ni g‘alaba bilan tabriklashni istayman. O‘yin biz uchun juda oson boshlandi va tezkor gol ura oldik. Afsuski, birinchi bo‘limda yuzaga kelgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Himoyadagi ikkita qo‘pol xato sababli gol o‘tkazib yubordik. Keyin esa raqibning zich himoyasini yorib o‘tishimiz qiyin bo‘ldi va yakunda yutqazdik. Bugungi mag‘lubiyatimizga o‘zimiz sababchimiz. Jamoa yomon o‘ynagani yo‘q, ammo gol ura olmadik.

Yangi murabbiy 3-4 kun ichida jamoa o‘yinini o‘zgartirib yubora olmaydi. «Ar-Rayyan»ning o‘yinida hech qanday syurpriz ko‘rganim yo‘q, ular deyarli hech narsani o‘zgartirishmagan. Birgina o‘zgarish – asosiy tarkibda bir-ikki nafar yangi futbolchi tushdi. Balki shuning uchun ham o‘yinni ancha oson boshlagandirmiz, bunday bo‘lishiga tayyor edik.

O‘yinchi almashtirishda shoshilganimiz yo‘q, chunki biz yaxshi o‘ynayotgandik, deb hisoblayman. To‘p nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik, ammo faqatgina gol ura olmadik. O‘yin oxirrog‘ida esa raqib darvozasi oldida bosimni kuchaytirish uchun hujumchini maydonga tushirdik.

To‘g‘ri, bu tashqaridan qaraganda ham sezilibdi – tezkor goldan keyin jamoa xotirjamlikka berildi. Ammo baribir ikkinchi bo‘limda aynan o‘sha qat'iyat bilan maydonga chiqdik. Himoyadagi xatolarimiz o‘yin taqdirini hal etdi», – degan Fyodorovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Top