8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:33 / 13.03.2019 178313

Jamshid Kenjayev ishi. Ayblanuvchilarga hukm chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sportchi Jamshid Kenjayevning tungi klubda o‘ldirilishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan sud jarayoni yakunlandi.

Kun.uz muxbirining suddan xabar berishicha, sud majlisida raislik qilgan sudya Sarvar Karimov ayblanuvchilarga hukm chiqardi.

Xususan, Shodali Qilichov (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v», «j» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov(1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 

Yuqoridagi uch nafar shaxsning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

 

Top