Jamşid Kenjayev sud işi davom etmoqda. Sud tergovi yakunlangani sababli taraflar muzokarasi qismi boşlandi.

Muzokara davlat ayblovçisi va jamoat ayblovçisining nutqlari bilan boşlanadi. Söngra jabrlanuvçi, fuqaroviy da'vogar yoki ularning vakillari, himoyaçi va jamoat himoyaçisi, sudlanuvçi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili sözga çiqadi (Jinoyat-protsessual Kodeksi 449-modda).

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, 11 mart kungi sud işida avval davlat ayblovçisi nutq sözladi. Prokuror asosiy ayblanuvçiga 18 yillik qamoq jazosi söragan.

«Hurmatli sud, protsess iştirokçilari, bir neça kun davom etgan Şodali Qiliçov Ğulomjonoviçni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» bandlari, Alijon Hamrayev Ubaydullayeviç, Kamoldinov Saidazim Saidakbar öğli, Yorqulov Jahongir Abdumusayeviçni 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan ayblaş haqidagi jinoyat işini körib çiqib yakunlaş arafasida turibmiz. Ayblanuvçilarga qöyilgan ayblovlar, guvohlarning körsatmalari, ekspertiza xulosalari, közdan keçiriş bayonnomalari va videotasvirlarda töliq isbotini topgan. Tergov organi tomonidan ayblanuvçilarning harakatlari töğri malakalangan deb hisoblayman. Yuqoridagilarni inobatga olib, Qiliçov Şodali Ğulomjonoviçni Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j» bandlari bilan aybdor deb topib, unga nisbatan 18 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşingizni va uning muqaddam sudlanganini inobatga olib, jazo qattiq tartibli koloniyalarda ötalişini belgilaşingizni sörayman. Hamroyev Alijon Ubaydullayeviç, Kamoldinov Saidazim Saidakbar öğli,  Yorqulov Jahongir Abdumusayeviçga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan aybdor deb topib, 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşingizni va jazoni manzil-koloniyalarda ötaşni belgilaşingizni sörayman. Şuningdek, jabrlanuvçilarning dafn marosimiga ketgan xarajatlarini sudlanuvçilardan undirişni belgilaşingizni sörayman», degan u.

Şundan söng, davlat ayblovçisining nutqiga nisbatan jabrlanuvçi, marhum Kenjayevning bevasi öz e'tirozlarini bildirib ötdi.

«Hurmatli sud, Qiliçov, Hamroyev, Kamoldinov va Yorqulovga nisbatan jinoyat işida jabrlanuvçi tomon quyidagi fikrlarni bildiradi. Sudlanuvçi Qiliçovga nisbatan tergov harakatlari yetarli emas. Jamşid Kenjayevga nisbatan bir guruh şaxslar tomonidan amalga oşirilgan uşbu jinoyat öta xavfli retsidivist tomonidan bajarilgan, ya'ni Qiliçov bir neça marta sudlangan. Boşqa sudlanuvçilarga nisbatan qöllanilayotgan 277-modda 3-qismi «g» bandi bilan ayblovni yetarli emas, deb hisoblayman. Ularga nisbatan 97-modda 2-qismi «a», «v», «j» bandlari bilan qayta kvalifikatsiya qilişingizni sörayman.