8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

23:01 / 14.03.2019 13837

Xitoylik bolaning yuragi urishdan to‘xtagandi, biroq 2 soat deganda mo‘jiza ro‘y berdi

Foto: AsiaWire

Xitoylik bola hovuz oldida o‘ynayotib sirpanib ketdi va unga quladi. Bolaning yo‘qolganini sezishganida esa kech bo‘lgan edi, deb yozadi The Sun.

Bolaning hayotini saqlab qolgan 53 yoshli Yang Yu ota-onasi bilan dam olishga kelganda hovuzdagi suvda bola kiyimini ko‘rib qolgan. Erkak atrofdagilarni yordamga chaqirib, suvga o‘zini tashlagan. Hovuz tubida bolani topgan vaqtda u yuz tomoni bilan pastga qarab yotgan bo‘lgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bolaning nafas olmayotganini bilgach yurak-o‘pka sohasi reanimatsiyasini o‘tkaza boshlashdi. 

Shifokorlar 40 daqiqa ter to‘kishdi, biroq natija bo‘lmadi — bola na nafas olardi va na yuragi urardi. Ular o‘lim holatini qayd qilmoqchi bo‘lishganida bolaning onasi va bobosi ko‘zlarida yosh bilan jonlantirish jarayonini to‘xtatmaslikni iltimos qilishdi. Mutaxassislar reanimatsiyani davom ettirishdi va bolani sun'iy ventilyatsiya apparatiga ulashdi. 

"Men uning yaqinlariga yo‘q deya olmadim, mening o‘rnimda boshqalar ham shunday qilgan bo‘lardi", - dedi shifokor.

110 daqiqadan keyin bola mustaqil ravishda nafas ola boshladi. Shifokorlar hayratda qolishdi. Bolani tekshiruvlar uchun Ibinya shifoxonasiga yo‘llashdi, zero kislorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin edi. Doktor Van Bo bunday hayotga mo‘jizaviy qaytish holatiga 14 yillik tajribasi davomida birinchi marta duch kelganini aytdi. 

Top