02:56 / 18.03.2019
10496

La Liga. Messining het-trigi "Barselona"ga yirik g‘alaba keltirdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionati 28-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Barselona" safarda "Betis" bilan kuch sinashib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Messi het-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Suares tomonidan kiritildi. Maydon egalari tarkibidagi yagona golga Moron mualliflik qildi. 

Betis – Barselona 1:4

Gollar: 0:1 – 18 Messi, 0:2 – 45 Messi, 0:3 – 63 Suares, 1:3 – 82 Moron, 1:4 – 85 Messi.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Mandi, Kanales, Sanches (Emerson, 67), Telo, Lo Chelso (Laynes, 68), Xese, Guardado, Vilyam Karvalyu (Moron, 75).
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Serdji Roberto, Alba, Buskets, Artur (Nelson Semedu, 64), Rakitich (Alenya, 88), Vidal, Messi, Suares (Koutino, 90).
Ogohlantirishlar: Guardado (16), Langle (52), Nelson Semedu (67).

Eybar – Valyadolid 1:2
Gollar: 1:0 – 54 Orelyana, 1:1 – 90, penalti Verde, 1:2 – 90 Serxi Gvardiola.

Espanol – Sevilya 0:1
Gol: 0:1 – 53, penalti Ben-Yyedder.

Valensiya – Xetafe 0:0

Vilyarreal – Rayo Valekano 3:1
Gollar: 0:1 – 20 Suares, 1:1 – 50 Toko-Ekambi, 2:1 – 52 Toko-Ekambi, 3:1 – 88 Moreno.

Top