22:22 / 23.03.2019
44492

Kaan Urganjio‘g‘li «Baron-2» filmidagi roli haqida ma'lumot berdi

Turkiyalik taniqli aktyor Kaan Urganjio‘g‘li «Baron-2» filmini suratga olish jarayonida qatnashish uchun O‘zbekistonga keldi. Kun.uz muxbiri aktyor bilan uning filmda gavdalantirayotgan obrazi, «Baron-2» loyihasi va O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida suhbatlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan treylerdagi Kaan Urganjio‘g‘li qatnashgan epizodlar tomoshabinlar tomonidan katta qiziqishga sabab bo‘ldi.

Kun.uz muxbiri turkiyalik aktyordan uning «Baron-2» filmidagi obrazi haqida ma'lumot berishini so‘radi.

«Topshirilgan rol menga ma'qul keldi. Ehson obrazini ijro etayapman. Asli chechen bo‘lgan Ehsonning hikoyasi Suriyada kechadi. Suriya bilan bog‘liq sahnalarda u ko‘rinadi. Ukasi Suriyadagi janglarga ketganidan keyin Ehson ham uning ortidan Suriyaga boradi. Uning maqsadlari esa umuman boshqacha bo‘ladi. Filmdan ko‘rib olasiz, sirni butkul ochishni istamayman» deya javob bergan Kaan Urganjio‘g‘li.

Ma'lumot uchun, «Baron-2» filmi Kaan Urganjio‘g‘li ishtirokidagi ilk xorijiy film loyihasi bo‘lib, bungacha u Amazon Prime'ning «Jyek Rayan» serialida suratga tushgan.

Turkiyalik aktyor Kaan Urganjio‘g‘li bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mavzuga oid
Top