2019 yilda ilk treyleri namoyiş etilgan “Baron – 2. Sog‘inch” filmining katta ekranlardagi ilk namoyiş kuni e’lon qilindi. Pandemiya sabab filmning tasvirga oliş işlari ma’lum muddat töxtab qolgandi.

Film rejissyori Rustam Sa’diyevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, “Baron – 2. Sog‘inch” filmi 18 avgustdan boşlab respublika kinoteatrlarida namoyiş etiladi. Filmning asosiy taqdimot marosimi esa unda boş rollarni öynagan dunyo kinoyulduzlari iştirokida 15 sentabr kuni Toşkent xalqaro kinofestivali doirasida bölib ötadi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan film pandemiya sabab töxtab qolgandi.

Ma’lum bölişiça,“Baron – 2. Sog‘inch” badiiy filmi terroristik intervensiyani foş qiluvçi, içki mexanizmlarni oçib beruvçi ötkir syujyetli drama bölib, unda murakkab tryuklar, ekşn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qöporuvçilik epizodlari tasvirlanadi.

Filmda Turkiya, Qozoğiston, Tojikiston, Suriya, Misr, Rossiya davlatlaridan va özbekistonlik aktyor-aktrisalardan Farhod Mahmudov, Baxşillo Fatxullayev, Ğayrat Boymirzayev, Yulduz Rajabova, Dilnoza Kubayeva, Elyor Mahkamov, Şahzoda Matçonova, Nurmuhammad Husniddinov, Sergey Astaxov, Viktoriya Tolstoganova, Viktor Verjbiskiy, Igor Lifanov, Konstantin Solovyov, Gayrat Boymirzayev, Taukkel Mussilim, Amir Tairov, Kaan Urganjiöğli, Sefa Zengin iştirok etişgan.

Film namoyişlari Kinoçilar uyi (Panorama)da, şuningdek, savdo komplekslaridagi quyidagi eng zamonaviy kinotetrlarda bölib ötadi:

  • Mega cinema
  • Rivera cinema
  • Salom cinema
  • Kompos cinema
  • Parus cinema
  • Yulduz (premier hall)
  • Next cinema
  • Samarkand Darboza
  • Drive cinema