13:58 / 26.03.2019
7764

Samarqandda piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi ushlandi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida shu yil 17 mart kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi” yo‘lida haydab ketayotib, piyoda B.X.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada B.X. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Jomboy tumani Xitoybola qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.B. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top