08:44 / 26.03.2019
3793
Sud Braziliyaning sobiq prezidenti Temerni ozodlikka chiqardi 
Foto: AFP

Braziliya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Mishel Temerni ozodlikka chiqardi. Temer o‘tgan hafta korrupsiya ayblovi bilan hibsga olingandi.

Rio-de-Janeyro federal sudi sudyasi 78 yoshli siyosatchini panjara ortida saqlashga hojat yo‘qligi, chunki u “jamiyat uchun xavf solmasligi” haqidagi qarorga kelgan. Sudya, shuningdek, Temerning ozodlikda bo‘lishi tergov borishiga tahdid solishi mumkinligini ko‘rmagan.

78 yoshli Temer 21 mart kuni San-Pauluda “Angra” atom elektr stansiyasi qurilishida yo‘l qo‘yilgan ehtimoliy korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan. Jumladan, gap 230 ming yevro miqdoridagi pora haqida bormoqda. 

Temer sobiq prezident Dilma Ruseff impichmentidan keyin 2016 yilda prezident lavozimini egallagan. U Ruseff prezidentligi vaqtida 6 yil davomida vitse-prezident lavozimini egallab kelgan. Temer o‘z lavozimini 2018 yilda tark etgach, jinoiy ta'qib qilinishdan daxlsizlikni yo‘qotgan.

Top