Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022 yilgi prezidentlik saylovlaridan söng davlat töntarişini amalga oşirişga urinişda özini aybdor deb hisoblamaydi. «Töntariş nima? Köçalarda tanklar, qurol-yaroğlar, fitna. Bularning heç biri Braziliyada sodir bölmadi», - dedi öta öng siyosatçi 25 fevral, yakşanba kuni San-Pauluda öz ön minglab tarafdorlari bilan suhbatda.
Şu bilan birga, Bolsonaru yana bir bor amaldagi davlat rahbari Luiz Inasiu Lula da Silva hukumatini siyosiy ta’qiblarda aybladi. Mamlakatning sobiq prezidenti sönggi bir neça kun içida ijtimoiy tarmoqlarda öz tarafdorlarini «demokratik qonun ustuvorligini himoya qiliş uçun tinç yiğilişda» iştirok etişga çaqirdi. AFP yozganidek, ba’zi namoyişçilar San-Pauluga keliş va öz yetakçisini qöllab-quvvatlaş uçun 700 kilometr yöl bosib ötdi.
Jair Bolsonaruga qarşi ayblovlar
2023 yil oktyabr oyida Braziliya Milliy kongressiga bostirib kirişni tekşiriş uçun tuzilgan parlament komissiyasi Jair Bolsonaruga davlat töntarişiga uriniş, siyosiy zöravonlik va jinoiy fitna ayblovlarini ilgari surdi. Sobiq davlat rahbari ustidan tergov beş oy davom etdi, yakuniy hisobot 1300 sahifani taşkil etdi. Bolsonarudan taşqari yana 60 kişi, jumladan sobiq vazirlar va harbiy zobitlar tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblangan.
Siyosatçining advokatlari hisobotni «töliq bölmagan va noxolis» deb atadi. Ularning fikriça, sobiq prezident öz himoyasi uçun vajlar keltiriş imkoniga ega bölmagan.
Bolsonaru tarafdorlari prezident saroyiga bostirib kirgan
2022 yil 30 oktyabrda bölib ötgan Braziliyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçida da Silva 50,9 foiz ovoz bilan Bolsonaruni ortda qoldirdi. 2023 yil 8 yanvarda saylov natijalari soxtalaştirilgan deb hisoblagan Bolsonaru tarafdorlari prezident qarorgohi, Milliy kongress binosi va Oliy sud binosiga bostirib kirdi.
2023 yil iyun oyida Oliy saylov sudi sudyalari sobiq prezident bu xatti-harakatlarning «demokratiyaga zararli oqibatlari» uçun qisman javobgar ekanligini aniqladi. Şu munosabat bilan Bolsonaruga 8 yilga prezidentlikka saylaniş taqiqlandi.
2024 yilning 25 fevralida San-Pauluda bölib ötgan mitingda sobiq davlat rahbari 2023 yil yanvarida prezident saroyiga bostirib kirişdan keyin hibsga olingan öz tarafdorlarini «beçoralar» deb atab, amnistiya talab qildi. Siyosatçi Isroil mudofaa kuçlarining Ğazo sektoridagi harakatlarini avvalroq Xolokost bilan qiyoslagan da Silvaning bayonotlariga qöşilmasligini bildiriş uçun tadbirga Isroil bayroğini olib kelgan.












