08:49 / 28.03.2019
10213
Fyuri va Joshua o‘rtasidagi jang qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytildi
Foto: Getty Images

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining murabbiyi Ben Deyvison 2019 yil oxirida shogirdi Entoni Joshua bilan uchrashishi ehtimoli haqida gapirdi.

Mutaxassisning ishonch bildirishicha, bunday jangni ishqibozlar tez orada tomosha qilishi mumkin.

«Tayson Fyuri tavakkalga borishga to‘la tayyor ekanini ko‘rsatdi. Deontey Uaylder yoki Entoni Joshua buni qildimi? Yo‘q. Biz Uaylderga jamoasi bilan jang qilish uchun kelishni taklif qilganimizda, muzokaralar chog‘ida boshi berk ko‘chaga kirib qoldik. Lekin, men umid qilamanki, biz bu janglarni o‘tkaza olamiz. Uaylderning jamoasi bilan gaplashdik, ammo uni zudlik bilan maydonchamizga olib kelishning imkoni bo‘lmadi, shuning uchun kuta olmadik.

O‘ylaymanki, Tayson va Entoni Joshua yil oxirida jang o‘tkazishi ehtimoli juda katta. Ular uchrashishi mumkin. Biroq, ular o‘z fikrini o‘zgartirishi, istalgan narsa sodir bo‘lishi mumkin. Ulardan biri mag‘lub bo‘lib, bunday bahs bo‘yicha rejalarni buzib yuborishi ham ehtimoldan yiroq emas», - deya Deyvisonning so‘zlarini keltiradi Daily Star.

Bundan oldin, Deontey Uaylder Entoni Joshua bilan jang o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Top