Butunjahon boks kengaşi (WBC) yönalişi böyiça oğir vazn toifasidagi jahon çempioni Deontey Uaylder super oğir vazndagi jahon çempioni Entoni Joşua bilan jang ötkazişga tayyorligini ma'lum qildi.
Sportçining işqibozlarni işontirişiça, bunday bahs albatta amalga oşadi.
«Joşua bilan jang böladi. Bu jang ötkaziladi. Men odamlar bu bahsni köriş yoki köra olmasliklari haqida taşvişlanişlarini istamayman. Sizlar Deontey Uaylderning Entoni Joşuaga qarşi şousini körasiz. Biz bir çempion, bir şaxs, bir nom bölamiz va bu yaqin orada sodir bölişi mumkin. Sizlar faqat kutişingiz lozim. Bu sodir böladi, men barçani tinçlantirişni xohlayman, biroz vaqt talab etiladi», - deya Uaylderning sözlarini keltiradi Thaboxingvoice.
Bundan oldin, WBC prezidenti Mauritsio Sulaymon çempion Dominik Brizil bilan ringda uçraşişga majbur ekani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uaylder va Fyuriga takroriy jang ötkaziş uçun ruxsat berilgandi.












