09:34 / 29.03.2019
23644
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buxoro mamlakat viloyatlari ichida hududining kattaligi jihatidan Navoiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qulay geografik hududda joylashgani, tarixiy obidalar, tabiiy resurslarga boyligi, qishloq xo‘jaligi sohasida to‘plangan tajriba sabab viloyatda turizm, sanoat, logistika, agrosanoat sohalari izchil rivojlanmoqda.

Prezident 2018 yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida hududning zamonaviy qiyofasini yaratish, sanoatning ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport-logistika, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, ta'lim, sayyohlik salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha soha mutasaddilariga topshiriqlar bergandi.

Davlat rahbari bu galgi tashrif chog‘ida ushbu topshiriqlar ijrosi, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Top