Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişiş, yangi loyihalarni belgilaş maqsadida 29 mart kuni Buxoro viloyatiga taşrif buyuradi.

«Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 mart kuni Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanişiş, yangi istiqbolli loyihalarni belgilaş maqsadida taşrif buyurişi rejalaştirilyapti», — deyiladi Buxoro teleradiokompaniyasining Telegram’dagi kanali xabarida.

Prezident 24 martdan buyon Birlaşgan Arab Amirliklarida rasmiy taşrif bilan bölib turibdi.

Özbekiston prezidenti respublika hududlari böylab taşriflarining navbatdagi bosqiçini 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyuriş bilan boşlagandi. Prezident ötgan yilning 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bölgandi. 13-14 dekabr kunlarida esa Qaşqadaryo viloyatiga taşrif amalga oşirildi.

Prezident joriy yil boşidan buyon Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida ham böldi.