20:09 / 01.04.2019
8864

«Bu kasallikni yengishga katta pul ketar ekan...» Oqqon kasalligiga chalingan murg‘ak qalblar yordamga muhtoj

Inson hayoti past-balandliklardan iborat. Hayot bizni o‘zining sinovlari bilan ayovsiz sinaydi. Lekin inson bu sinovlarni sabr-qanoat bilan yengsa, ulkan ajr-savoblarga ega bo‘ladi. Ba'zida yaxshilar yordamiga muhtojlik sezadi. Ularning moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashlariga intiq bo‘ladi. Hozirda hikoya qiladigan insonlar ham sizlarning saxovatli e'tiborlaringizga muhtoj.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz Xorazm viloyati Urganch tumanidan kelgan 5 yoshli bolakay Izzatbek Sharifboyev. Izzatbek hozirda 4-kurs muaolajalarini qabul qilyapti. Dori-darmonlariga qiynalib qolgan oilasi yaxshilardan yordam so‘rashga majbur bo‘lishgan. Hozirda ijarada turib Islombekni davolatishmoqda. Uning oilasi dorixonalardan qarz bo‘lib qolishgan. Onasi Dilafruz Durdiyevaning ta'kidlashicha, uzoq muddatli davolanish Islombekning ruhiyatiga ta'sir qilib, injiq bo‘lib qolgan. Hozirda oila yaxshilar yordamiga muhtoj.

Telefon: +99897 441 76 46

Otasi Xurmatbek Abdullayev nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 9808 5370

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan kelgan 13 yoshli o‘g‘lon Jonibek O‘ktamov. Jonibek hozirda 4-kurs muolajalarini olyapti. Onasi Lutfiya Robbimovaning ta'kidlashicha, turmush o‘rtog‘i bilan Rossiyada ishlagani ketishgan. Hamma ishlari yaxshi ketayotgan bir vaqtda o‘g‘li Jonibekning tobi qochib qoladi. Tekshiruvda oqqon tashxisi qo‘yiladi. Shundan so‘ng barcha yig‘ganlari farzandini davolatishga sarflaydi. Hozirda oila yordamga muhtoj bo‘lib qolgan. Ular yaxshilar uchun doim duoda.

Telefon: +99890 973 49 81

Onasi Lutfiya Robbimova nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 8195 1943

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Yana bir bemorimiz Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan kelgan jajjigina qizaloq Shaydo Berdiqulovadir. Qizaloqqa shifokorlar tomonidan oqqon tashxisi qo‘yilgandan so‘ng oila kuchi yetganicha harakat qiladi. Dorilar qimmatligi sabab xalqimizdan yordam so‘rashga majbur bo‘lishgan. Onasi Nazarova Dildoraning ta'kidlashicha, sotadigan hech narsasi qolmagan. Bugun ular yaxshilar yordamiga muhtoj. Ular uchun doim duoda.

Telefon: +99899 482 90 24

Onasi Nazarova Dildora nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 0850 8503

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

So‘nggi bemorimiz Muhammadyusupova Mushtariybonu. Mushtariybonu hozirda 9 yoshda. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiladi. Mushtariybonu hozirda Gematologiyada 4-kurs muolajalarini olmoqda. Onasi Abdullayeva Gulnozaning ta'kidlashicha, dori-darmonlarni sotib olishda qiynalib qolishgan. Turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi. Bundan tashqari Mushtariybonu uzoq vaqtdan beri davolanadi sababi kasallik qaytalangan. Hozirda oila yordamga muhtoj.

Telefon: +99890 329 20 23

Otasi Abdullayev Doniyorjon nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0423 8421 9670

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Aziz saxovatpesha yurtdoshlar! Yordamga muhtoj bu vatandoshlarimizga bee'tibor bo‘lmaylik. Ularni ham moddiy ham ma'naviy qo‘llab-quvvatlaylik. Qo‘limizdan kelgunicha, imkoniyatimiz boricha savob ishga hissa qo‘shaylik. Alloh qilgan ehsonlaringizni dargohida qabul qilib, oxiratda boshingizga soyabon qilsin, aziz yurtdoshlar!


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top