Bolasidan xabar olib tursa-da, doim yonida bölolmagani onaizorning qalbini timdalaydi. Farzandiga kömaklaşiş uçun topganiga dorilarini olib berişga harakat qiladi. Lekin oğir dard oldida, nafaqa pullari heç narsa bölmay qolyapti.
“Avvaliga nima bölayotganiga tuşunmadik. Bir-ikki davolandi, lekin yana mazasi bölmay qolaverdi. Qon qusib, huşidan ketdi. Apparatlarga tuşirib tekşirişdi. Jigar sirrozining oxirgi bosqiçi ekani aniqlandi.
Davolanyapti-yu, hatto tomiriga dori ham ketmayapti. Doktorlar Hindistonning harakatini qiling, deyişyapti. Birinçi sinfda öqiydigan öğli, “Buvijon, dadamga mening jigarimni qöyişsin, dadam tuzalsin”, deb etagimga osilib yiğlaydi.
Kiçkina qizçasi ham bor. Dadangga teginmanglar, desak ham kelib dadasiga yopişaveradi. Şularning taqdirini öylab bolam şörlik ikki hissa eziladi. Oxirgi yotganida dorilarini ham nasiyaga oldik. Lekin ahvoli kundan kunga oğirlaşyapti. “Hindistonga tezroq obormasangiz bölmaydi, keçiktiravermay tezroq olib boringlar, endi borgan sari ahvoli oğirlaşadi”, deyişyapti.
Ona böliş oson emas ekan. Yursamam, tursamam xayolimda faqat şu bolam. Keçasi bilan yiğlab duo qilib çiqaman”, deydi onaizor köz yoşlarini tiyolmay.
“Könglimdan ötganlarini aytib berolmayman. Bolam menga öxşab qiynalmasin, yetim bölmasin, deyman. Insonlarga öxşab yaşagim keladi. Karantinda qon ketib qattiq qiynaldim. Qizilöngaçimni beş marta tikişdi. Oxirgi marta qon ketganda böldi endi tikmaymiz, foydasi yöq, deyişdi.
Non, quyuq ovqatlar umuman mumkin emas. Faqat şörvaning suvini içaman. Onam bilan ukam rözğorimga qaraşib turişadi. Ayolim meni parvariş qiladi. Har qon ketganda huşimdan ketaman. Qiynalib ketdim. Dori içmay kunim ötmaydi”, deydi Umidjon ökinç bilan.
Umidjon Sultonovga oid ma’lumotlar:
Özkard: 8600 0610 2147 9091 Umidjon Sultonov nomida
Sberbank: 2202 2032 4201 8374 ammasi Farida Xaziyeva nomida
Manzil: Farğona viloyati, Buvayda tumani, Yuqori Manğit qişloği 50-uy
















